Yordam va savollar

E'lon joylash pullikmi?

Yo'q, oddiy e'lon bepul. Faqat Telegram orqali ro'yxatdan o'tish kerak.

Nega Telegram orqali ro'yxatdan o'tish shart?

Soxta akkaunt va firibgarlarni kamaytirish uchun: har bir sotuvchining raqami Telegram orqali tasdiqlangan.

Narx taklif qilish qanday ishlaydi?

E'londa «Narx taklif qilish» ni bosib, o'z narxingizni yozasiz. Sotuvchi Telegramda qabul qiladi, rad etadi yoki o'z narxini aytadi. Kelishilsa, raqamlar almashiladi.

Auksion qanday ishlaydi?

Sotuvchi e'lonni 24 soatlik auksionga qo'yadi. Xaridorlar va avtosalonlar taklif beradi, har bir keyingi taklif avvalgisidan kamida 50 y.e. yuqori bo'ladi. Auksion tugagach, sotuvchi eng ma'qul taklifni tanlaydi.

Kraska sxemasini kim to'ldiradi?

Sotuvchining o'zi. Ko'rishga borganda tolshinomer bilan tekshiring yoki «Tekshirib berish» xizmatidan foydalaning.

«Bozor narxidan arzon» belgisi qanday chiqadi?

Shu model va ±1 yildagi kamida 5 ta e'lonning o'rtacha narxidan sezilarli arzon bo'lsa.

E'lonim nega rad etildi?

Sababi kabinetda va Telegram botda yoziladi. Tuzatib qayta yuborishingiz mumkin.

Mashinam sotildi, nima qilay?

Kabinetda «Sotildi deb belgilash» ni bosing — ochiq takliflar yopiladi.

Savolingiz qoldimi?

Telegram: @moshinamboruzbot